TOShKENT, 8 noya – Sputnik. UzAuto Motors Xorazm viloyati filialida zavod tarixida ilk marotaba bir oyda 6000 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, filialda amalga oshirilgan keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari natijasida 2019-yilning 10 oyida jami 48 214 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishilgan.
UzAuto Motors kompaniyasining Pitnak tumanidagi zavodi 2014-yilning yanvar oyida ishga tushirilgan bo‘lib, unda “Damas” va “Labo” modellari ishlab chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida avtomobil zavodining ishlab chiqarish quvvatini yiliga 40 mingdan 60 ming donaga ko‘paytirishni topshirgan edi.