TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga ketayotgan o‘zbekistonliklarni noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi.
Xususan, O‘zbekiston TIV matbuot xizmati Qozog‘istonga borayotgan yoki uning hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ob-havo sharoiti tufayli ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
Xabarda aytilishicha, Qozog‘istonning qator hududlarida sovuq tushishi, qor yog‘ishi va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yo‘llarda kutilmagan holatlar sodir bo‘lishi mumkin.
Shu sababli TIV konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolari avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida mazkur mamlakatga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy risklarni hisobga olishlari va tegishli choralar ko‘rishlari zarurligini bildirdi.
Zarurat tug‘ilganda quyidagi havolada ko‘rsatilgan telefon raqamlari bo‘yicha murojaat qilish mumkin.