Pekin-Toshkent reysi favqulodda qo‘ngandan so‘ng 5 kishi shifoxonasiga joylashtirildi

© Uzbekiston xavo yullariAirbus postavil perviy A320neo dlya "Uzbekiston xavo yullari"
Airbus postavil perviy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston havo yo‘llar” MAKga tegishli Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan samolyotda yo‘lovchilarning sog‘lig‘i yomonlashdi.

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. 6 noyabr kuni Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan HY-502 reys samolyotida 5 nafar yo‘lovchilarning sog‘lig‘i yomonlashdi.

V Seti poyavilos foto novogo samoleta Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tomon yo‘l olgan samolyot Samarada majburan qo‘ndi

TIV xabariga ko‘ra, shu sababli samolyot Gansu provinsiyasining Lanchjou shahri aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Sog‘lig‘i yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolari A.S., M.M., D.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li – Rossiya fuqarolariga samolyot qo‘nganidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Xabarda  7 noyabr soat 5:41da samolyot Toshkentga uchib ketgani qo‘shimcha qilingan.

Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan

Yangiliklar lentasi
0