O‘zbekistonda daraxt kesilishi bilan bog‘liq 203 ta noqonuniy holat aniqlandi

© Pisma o TashkenteRubka derevyev v Tashkente
Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda daraxt kesilishi bilan bog‘liq 154 ta holati bo‘yicha esa o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar yuzasidan da’vo arizalari kiritildi.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. O‘zbekistonda daraxt kesilishi bilan bog‘liq 203 ta noqonuniy holat aniqlandi. Ulardan 154 ta holati bo‘yicha esa o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar yuzasidan da’vo arizalari kiritildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Posadka derevyev v parke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1 million dona daraxt ko‘chati o‘tqaziladi

Huquqbuzarlik to‘g‘risida fuqarolardan ma’lumot olish maqsadida shahar ekologiya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “kontrol bot”ga o‘tgan uch oy mobaynida 123 ta murojaat kelib tushgan.

O‘rganish natijasida 45 ta murojaat anonim tarzida yo‘llanganligi aniqlangan. Bundan tashqari 63 murojaat daraxtlarning qonunchilik talablari asosida, 15 tasi esa noqonuniy ravishda kesilayotganligi aniqlanib, ushbu xatti-harakatlar yuzasidan jami 22,5 mln so‘m miqdordagi da’vo arizalari kelib tushgan.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti 30-oktabrda imzolangan  farmonida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan 6-noyabrda o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda daraxt va butalarni kesish masalalari tegishli normativ hujjatlar bilan tartibga solingan. Bunda shahar hududiy ekologik boshqarmalari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida daraxt va butalarni kesishning maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosalar tayyorlanib, so‘ng mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

2019 yilda Toshkent shahar ekologiya boshqarmasiga daraxtlarni kesish bo‘yicha jami 32 mingga yaqin murojaatlar yo‘llangan bo‘lib, ulardan 4 955 tasi  joylarda rekonstruksiya va qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyat yuzasidan daraxtlarni kesish to‘g‘risidagi ijobiy xulosalar sifatida rasmiylashtirilgan.

Daraxtlarni boshqa joyga ko‘chirish vazifasi tadbirkorlarga yuklanadi

O‘zbekistonda rekonstruksiya yoki qurilish ishlari amalga oshiriladigan bo‘lsa, loyihada ko‘zda tutilgan hududdagi daraxtlarni boshqa hududga ko‘chirib o‘tish vazifasi bundan manfaatdor bo‘lgan tadbirkor yoki tashkilot zimmasiga yuklanadi.

Daraxtlarni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazishda O‘zbekistonda hozirgi kunda mavjud bo‘lgan 2 ta diskaver invest texnikalaridan foydalaniladi. Bu vazifa tadbirkor yoki tashkilot manfaatida bo‘lganligi uchun shartnoma asosida amalga oshirib, hududda nechta daraxt bo‘lishiga qarab, uning boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilishiga ketadigan mablag‘ loyiha uchun ajratilgan mablag‘ asosida sarflanadi.

Shuningdek, brifingda aytilishicha, hukumatning 2019-yil 17-yanvardagi qarori asosida  ayni damda Toshkentda manzilli ro‘yxat lokatsiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu asosida poytaxtda 53 ming tup daraxtlarni ekish ko‘zda tutilgan. 

Yangiliklar lentasi
0