TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Prezident farmoyishiga asosan Maxmudov Zikirilla Abbosovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Maxmudov 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2006-yilda Toshkent islom universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. U o‘z mehnat faoliyatini 2006-yilda Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.