TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Shu yil 10 oy davomida Toshkentda doimiy propiska 32 380 kishiga, Toshkent viloyatida 7 462 kishiga berildi, deb ma’lum qildi MvaFRBB xorijiy fuqarolarni hisobga olish bo‘limi boshlig‘i Dilshodbek Murodbekov. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.
Ta’kidlanishicha, 4 951 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi.
Shuningdek, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan 847 317 nafar fuqaroga biometrik pasportlar, 781 376 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportlari taqdim etildi.
Bugun AOKAda “Ichki ishlar organlarida migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda boshqa tegishli boshqarma va tashkilot mutasaddilari ishtirok etmoqda.