Samarqandda ommaviy mushtlashuvda 3 nafar turkiyalik jarohat oldi

© Sputnik Sputnik / Tabildi Kadirbekovkulak, arxivnoe foto
kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda ko‘p qavatli bino qurilishida ishlayotgan ishchilar orasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi, 4 kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishdi.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Kecha 6-noyabr kuni Samarqandda qurilayotgan ko‘p qavatli binolardan birining quruvchilari orasida ommaviy mushlashuv sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz.

“Huquqni saqlash organlaridagi manbaaga asosan, uch nafar turkiyalik mutaxassislar qurilish maydonchasida isinish uchun olov yoqishgan. Ularning yoniga o‘zbekistonlik quruvchi kelganda ular orasida tortishuv yuz bergan. Keyin bu mushtlashuvga aylanib ketgan va unga yana 6 nafar quruvchi qo‘shilgan”, - deyilgan xabarda.

Mushtlashuvda 4 kishi tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat qilishgan. Ulardan 3 nafari Turkiya fuqarolari.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 277 moddasiga (Ommaviy bezorilik) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0