Farg‘onada bo‘hton qurboni bo‘lgan o‘qituvchi 25-yildan so‘ng oqlandi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘qituvchi bir dona qirqma ov miltig‘ini va 41 gramm ko‘knor boshoqlarini qonunga xilof ravishda saqlaganlikda ayblangan va 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 70 yoshga kirgan o‘qituvchi 25-yildan so‘ng oqlandi.

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi kassatsiya sudlov hay’ati Bag‘dod tuman sudining 1994-yil 20-dekabrda Tursunxo‘ja Abdurahmonovga nisbatan chiqargan ayblov hukmi bekor qildi.  

Sudning hukmiga ko‘ra, Abdurahmonov bir dona qirqma ov miltig‘ini yotoqxonasidagi yostiq ostida va 41 gramm ko‘knor boshoqlarini mehmonxonasidagi deraza tokchasida qonunga xilof ravishda saqlaganlikda ayblangan va 2-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, mehnatga majburan jalb qilingan edi.

SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Davlatga xiyonatda ayblangan Kubatin oqlandi

Viloyat sudi mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, uni jinoyat sodir etmagan deb topdi va uni O‘zbekiston Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan oqladi. 

Sudda aniqlanishicha, o‘qituvchilar ish haqini oshirish haqida prezidentga murojaat qilishgani uchun maktabning ilmiy mudiri Abdurahmonov o‘sha vaqtdagi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan uyushtirilgan bo‘hton qurboni bo‘lgan.

“Jarayon davomida davlat ayblovini quvvatlovchi prokuror T.Abdurahmonovga nisbatan oqlov hukmi chiqarish lozimligini aytdi. Undan o‘sha vaqtda yo‘l qo‘yilgan xatolik uchun uzr so‘radi, sudlov hay’ati oqlov hukmi chiqardi, 70 yoshni qoralayotgan nuroniy otaning ko‘zlaridan esa sevinch va shukur yoshlari oqdi”, - deya jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudining sudyasi Rahmatjon Arapov so‘zlaridan keltiradi O‘zA.

Eslatib o‘tamiz, BMTning inson huquqlari bo‘yicha eksperti Diyego Garsiya-Sayan o‘zining O‘zbekistonga tashrifidan keyin so‘nggi yillarda mamlakatda oqlov hukmlari soni ortganligini qayd etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0