Bahs-munozaraga sababchi bo‘lgan toshkentlik imom ma’ruzasi yuzasidan bayonot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMimbár—kafedra ili tribuna v sobornoy mecheti, s kotoroy imam chitayet patnichnuyu propoved
Mimbár—kafedra ili tribuna v sobornoy mecheti, s kotoroy imam chitayet patnichnuyu propoved - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda munozaraga sabab bo‘layotgan masalaga aniqlik kiritildi. Bayonotda aytilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi imom-domlalarni doimo hujjat-dalil bilan gapirishga undaydi.

TOShKENT, 7 noyab - Sputnik. So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentdagi “Iskandarxo‘ja” masjidi imom noibi Majidov Murodning ma’ruzasidagi Najmiddin Kubro hazratlari bilan bo‘lgan it voqeasi yuzasidan O‘zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy saytida bayonot berildi.

Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston
Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlangan blogerlar ustidan sud hukmi o‘qildi

Imom noibi o‘z ma’ruzasida Najmiddin Kubroning nazari tushgan itning qabrini aylangan inson quturish kasalligidan xalos bo‘lishi to‘g‘risidagi rivoyatni keltirgan va bu voqea natijada ijtimoiy tarmoqlarda turli bahslarga sabab bo‘lib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari Majidov Murod bilan mazkur masala yuzasidan suhbat olib borgan va imom-domla mutasavvif olimlar asarlarida kelgan voqealarni bayon qilish asnosida it qabrini aylanish masalasini asossiz ma’lumotlarga tayangan holda noto‘g‘ri gapni aytganligini e’tirof etgan.

Bu kabi noxush xabarlarning keng tarqalishini oldini olish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlar idorasi inson xatosini ommaga keng yoyish yoki turlicha talqin qilish mo‘minlik sifati emasligini eslatib o‘tdi.

"Chin ma’noda isloh qilishni xohlagan odam birovning xatosini ommaga ko‘tarib chiqmay, balki o‘sha odamning o‘ziga aytadi", deyiladi matnda.

Musulmonlar idorasi diniy-ma’rifiy maqola ustidan kulgan kanallarni tark etishga chaqirdi

Shu bilan birga bayonotda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi imom-domlalarni doimo hujjat-dalil bilan gapirishga undaydi. Zero, islom dinini targ‘ib qilishda asossiz rivoyatlarga hojat yo‘q, deya xulosa qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0