Jangarilar O‘zbekiston hududiga kirib olmoqchi bo‘lgan - ekspert

© MVD TadjikistanaNapadenie na pogranzastavu v Tadjikistane
Napadenie na pogranzastavu v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert fikriga ko‘ra, aslida jangarilar Tojikiston orqali O‘zbekiston hududiga kirib olmoqchi bo‘lishgan.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘tgan tunda uyushtirilgan o‘zbek-tojik chegarasidagi “Ishqobod” postiga uyushtirilgan hujumi ko‘plab savollar uyg‘otmoqda, deydi Rossiyadagi Afg‘onistonni o‘rganish markazi eksperti Andrey Serenko.

Tojikiston chegara postiga 20 nafar niqobli kishilar hujum qildi

Mutaxassis fikriga ko‘ra, jangarilar Tojikiston orqali O‘zbekiston hududiga kirib olmoqchi bo‘lishgan.

“Afg‘on-tojik chegarasi “ilma-teshik” desa ham bo‘ladi. O‘zbeklar esa chegarani qattiqqo‘llik va professional darajada himoya qiladi. Ular Tojikiston hududida 3 kun bo‘lib qulay payt poylab, O‘zbekiston hududiga o‘tish maqsadida chegara postiga hujum qilishgan”, - deydi ekspert.

Nega ular aynan O‘zbekiston hududiga o‘tmoqchi bo‘lishganiga ikkita sabab bo‘lishi mumkin.

Napadenie na pogranzastavu v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston chegara postiga hujum qilganlar ID jangarilari bo‘lib chiqdi

Birinchidan, ular o‘z imkoniyatlarini namoyish qilmoqchi bo‘lishgan bo‘lsa, ikkinchidan - ushbu jangarilar orasida sobiq O‘zbekiston islom harakatining jangarilari bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.

Agar rostdan ham ushbu terrorchilar guruhi IShID jangarilari ekani tasdiqlansa va ular Markaziy Osiyo hududida qo‘poruvchilik qilish maqsadida Afg‘onistondan kirib kelgan bo‘lsa - bunday hujumni sensatsiya deyish mumkin, deb so‘zini yakunladi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tunda 20 ga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60km masofada, o‘zbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5ta avtomat o‘qotar qurolni egallab olishgan edi. O‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yo‘q qilinib, 5 tasi qo‘lga olingan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.

Toshkent Tojikistondagi chegaraga uyushtirilgan hujum bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda

Yangiliklar lentasi
0