TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Bugun Moskvaning “Lokomotiv” klubi Italiyaning “Yuventus” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkaziladi. Uchrashuv Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida o‘tkaziladi.
Maydonga jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu chiqadi.
O‘yin mahalliy vaqt 20:55 da “RJD Arena” stadionida boshlanadi.
Ikki hafta oldin raqib jamoalari Turinda uchrashgan. Unda “Yuventus” jamoasi 1:2 hisobda g‘alaba qozongan.
Uch turdan so‘ng “Lokomotiv” jamoasi 3 ochko bilan uchinchi o‘rinda, “Yuventus” esa 7 ball bilan guruhda yetakchilikni Madridning "Atletiko" klubi bilan talashmoqda.