Qirg‘izistonda “Hizb ut-Tahrir” guruhining “amir”lardan biri ushlandi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Spetsoperatsiya po zaderjaniyu ekstremistov
Spetsoperatsiya po zaderjaniyu ekstremistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston maxsus xizmat xodimlari “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti yetakchilaridan birini qo‘lga oldi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Qirg‘iziston maxsus xizmat xodimlari “Hizb ut-Tahrir”* ekstremistik tashkilot yetakchilaridan birini qo‘lga oldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston respublika milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga asosan xabar qildi.  

Napadenie na pogranzastavu v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston chegara postiga hujum qilganlar ID jangarilari bo‘lib chiqdi

“Qirg‘iziston MXDQ tezkor qidiruv tadbir davomida Bishkekda qo‘shni respublikalardan birining fuqarosi bo‘lgan “Hizb ut-tahrir” guruhi “amiri” bo‘lgan fuqaro “Sh.T.”ni qo‘lga oldi. U Qirg‘izistonda yashirin ekstremistik guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan”, - deyilgan maxsus xabarnomada.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs qo‘shni respublikada xalqaro qidiruvga e’lon qilingan.

“Sh.T. qalbaki pasportdan foydalangan holda yashirinib yurgan va Qirg‘iziston hududida ekstremistik faoliyatini olib borgan”, - deyilgan idorada.

Jinoiy qo‘zg‘atilib, fuqaro vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0