O‘zbekiston bayrog‘i, og‘ir nokaut va to‘y: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu

© Ministerstvo sporta UzbekistanaBaxodir Djalolov prinimayet pozdravleniya ot prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva
Baxodir Djalolov prinimayet pozdravleniya ot prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Og‘ir vaznli, professional-bokschisi Bahodir Jalolov - 2016-yil Olimpiya o‘yinlari yarim finaliga chiqqan, ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan, 2015-yilda jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Bahodir professional ringda o‘tkazgan barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yili Yekaterinburgda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida eng og‘ir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etgan Bahodir Jalolov jahon chempioni bo‘ldi.

Jalolov janglardan birida amerikalik bokschi Richard Torresni nokautga uchratgan edi. Torres jangdan so‘ng shifoxonaga tushgan edi. Jalolov shifoxonada amerikalik bokschi holidan xabar olgandi. Bu holatni aks etgan video internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushgandi.

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov Sputnik O‘zbekiston nashriga bergan interyusida hayoti, erishgan yutuqlari va kelgusi rejalari haqida so‘zlab berdi.

© Ministerstvo sporta UzbekistanaTorjestvenniy priyem uzbekskiy bokserov posle ChM v RF
O‘zbekiston bayrog‘i, og‘ir nokaut va to‘y: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Torjestvenniy priyem uzbekskiy bokserov posle ChM v RF

- Bahodir, siz uchun bugungi kunda nima muhimroq – Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun saralash bosqichidan o‘tish va ishtirok etish yoki navbatdagi professional jangmi?

- Hozir meni birinchi maqsadim – Olimpiya o‘yinlari. Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqsam, keyin professionalga to‘liq o‘tish niyatim bor. Hozircha kamar haqida umuman o‘ylamayapman. Faqat Olimpiyada o‘yinlarini o‘ylayapman.

- Professional ringdagi keyingi jang qachon bo‘ladi va raqibingiz kim bo‘ladi?

- Hozir havaskor boksdamiz. Fevral oyida Xitoyda Olimpiadaga yo‘llanma beradigan turnir bo‘lib o‘tadi – Osiyo-okeaniya turniri. O‘sha turnirda qatnashaman, kim bilan tushishim hozircha aniq emas: qozog‘istonlik, koreyalik, eronlik bokschilar bor. O‘sha bokschilar bilan tushamiz, deb o‘ylayman.

- Rio shahridagi olimpiya o‘yinlarida siz O‘zbekiston jamoasi bayroqdori bo‘lgan edingiz. Stadionda bayroq bilan o‘tganizda xis tuyg‘ularingiz esingizdami?

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishBaxodir Djalolov (Uzbekistan), zavoyevavshiy zolotuyu medal v vesovoy kategorii svishe 91 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
O‘zbekiston bayrog‘i, og‘ir nokaut va to‘y: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Baxodir Djalolov (Uzbekistan), zavoyevavshiy zolotuyu medal v vesovoy kategorii svishe 91 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

- Nima desam bo‘ladi? Jamoa sardori bo‘lgandan keyin, mas’uliyat juda ham og‘ir bo‘ladi. O‘shanda, olimpiada payti 21 yoshda bo‘lganman. Juda yosh edim. Juda xursand bo‘lganman, cheksiz faxrlanganman O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib chiqqanimga. Ya’ni O‘zbekiston bayrog‘i bayroqdori vazifasini menga ishonib topshirganlari uchun. Lekin ishonchlarini oqlolmaganman. Xudo xohlasa, va’da beraman, xalqimizni ishonchni oqlab, Olimpiyada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, inshoolloh O‘zbekistonga yorug‘ yuz bilan qaytaman.

- O‘zingizni vatanparvar deb bilasizmi, yoshlarga o‘rnak bo‘lishni xohlaysizmi?

- Bu maqtanish emas, lekin agar yoshlarimiz bizlardan o‘zlariga nimadir olayotgan bo‘lsa, biz, sportchilarni ko‘rib o‘zlariga ozgina bo‘lsa ham motivatsiya olayotgan bo‘lsa men juda ham xursandman. Lekin men hali hech narsa qilmadim bu uchun. Vatanim uchun amalga oshiradigan ishlarim ko‘p. Deylik, Osiyo jahon chempionati, Olimpiyada kurashlari, ko‘plab jahon chempionatlari bor oldinda. O‘shalarda g‘alabani qo‘lga kiritsam, ozgina bo‘lsada vatan uchun nimadir qilgan bo‘laman.

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishBaxodir Djalolov (Uzbekistan), zavoyevavshiy zolotuyu medal v vesovoy kategorii svishe 91 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
O‘zbekiston bayrog‘i, og‘ir nokaut va to‘y: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Baxodir Djalolov (Uzbekistan), zavoyevavshiy zolotuyu medal v vesovoy kategorii svishe 91 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

- Jahon chempionatida mag‘lub bo‘lgan raqibingiz xolidan xabar olish maqsadida uning oldiga tashrif buyurishingiz internetda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi, aytingchi, bu sizning fikringiz bo‘lganmi yoki tashkilotchilarni?  

- Ochig‘i, bu haqda xayoldan o‘tkazganman, ammo maxsus video suratga olib, uni chiqarish rejada yo‘q edi. Aytmoqchimanki, bu ish oldindan rejalashtirilmagan. Men bilan birga borgan o‘rtog‘im ortimda turib shu videoni olgan ekan. Keyin ustozim ko‘rib qolib, ijtimoyi tarmoqqa qo‘yinglar, deya maslahat berdi. Shu bilan shu video mashhur bo‘lib ketdi. Agar bu boshqa sportchilarga o‘rnak bo‘lgan bo‘lsa, men juda ham xursandman.

- Boks – bu  agressiv sport turi hisoblanadi, siz kundalik hayotda qandaysiz? Film ko‘rib yig‘lashingizmi yoki kichik mushuk bolasini ko‘rganizda qanday xissiyotlarni xis qilasiz?

- To‘g‘ri, hayotda juda jahldor insonman. Jahlim tez. Men buni yashirmayman. Oilada bitta o‘g‘ilman. Singillarim hatto mendan juda qo‘rqishadi. Qarab o‘tirmayman, qattiq gapirib yuborishim mumkin. O‘shani uchun ham o‘ylanaman, qanaqa qilib uylanarkanman deb (o‘zi ham kuladi). Lekin ota-ona haqidagi filmlarni ko‘rsam, yoki ayol kishini hayotda qiynalib qolganini ko‘rsam, yig‘lavorgim keladi. Ko‘pincha kechki payt ko‘chada bo‘lganimda qizlarni ofitsiantlik qilib yurganini ko‘rsam chidolmayman, ichimdan ezilaman, ularga rahmim keladi.

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBaxodir Djalolov (Uzbekistan), oderjavshiy pobedu v poyedinke 1/2 finala v vesovoy kategorii svishe 91 kg protiv Maksima Babanina (Rossiya) na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
O‘zbekiston bayrog‘i, og‘ir nokaut va to‘y: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Baxodir Djalolov (Uzbekistan), oderjavshiy pobedu v poyedinke 1/2 finala v vesovoy kategorii svishe 91 kg protiv Maksima Babanina (Rossiya) na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

- Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatiningiz keng nishonlandi va davlat tomonida sizga uy sovg‘a qilishishgandi, shu uyga ko‘chib o‘tdingizmi?

- Hali remont qilmadim, chunki tadbirlardan bo‘shaganim yo‘q. Xudo xohlasa endi remont qilib, keyin xalqga osh beramiz. Uy to‘y qilamiz, nasib qilsa.

- Siz uchun nima ko‘proq fahrli - Olimpiya o‘ynlarida chempionlik yoki mutlaq professional g‘olib bokschi?

- Olimpiyada, yuqorida aytganimdek, hammaning orzusi. Lekin professional boksda “Doktor jelezniy kulak” laqabiga ega Klichkoday yoki “temir” Mayk Taysonday bokschi bo‘lganga yetmaydi, deb o‘ylayman, to‘g‘risi. Professionalda yengilmas bo‘lsangiz, olimpiada ham esdan chiqib ketadi (kuladi).

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBaxodir Djalolov (Uzbekistan) v pererive mejdu raundami poyedinka 1/2 finala v vesovoy kategorii svishe 91 kg protiv Maksima Babanina (Rossiya) na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.
O‘zbekiston bayrog‘i, og‘ir nokaut va to‘y: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Baxodir Djalolov (Uzbekistan) v pererive mejdu raundami poyedinka 1/2 finala v vesovoy kategorii svishe 91 kg protiv Maksima Babanina (Rossiya) na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge.

- Raqiblaringiz siz va boks maktabingiz haqida hurmat bilan gapirishadi. Boshqa davlatlardan jahon sportidan do‘stlaringiz bormi? Yoki birinchi navbatda siz hammani raqib deb bilasizmi?  

- Albatta, do‘stlarim ko‘p. Koreyadan yaqin do‘stim bor Xon Kyu, 91 Osiyo chempioni bo‘ldi. Taylanddan do‘stlarimiz bor. Rossiyadan ham do‘stim bor – professional bokschi – Dmitriy Bivol, jahon chempioni. Sergey Kuzmin bor. Meni professionaldagi trenerim ham rossiyalik – Gennadiy Yuryevich Mashyanov. Ular meni jahon chempionatidan oldin ikki oy trenirovka qildirgan va ulardan ko‘p narsani o‘rgandim. Gennadiy Yuryevich juda aqlli murabbiy.

Do‘stlarim orasida biri kichik vaznda, biri og‘ir vaznda. Shu bois ular bilan ringda uchrashib qolish ehtimoli hatto yo‘q.

- Shubhasiz, sport hayotingizning katta qismini egallaydi. Oila, bolalar haqidagi fikrlar haqida o‘rtoqlashsangiz?

- Albatta, shunday xayollar kelib turadi. Niyatda bu. Xudo xohlasa Olimpiada o‘yinlarida oltin medal olib, keyin uylanaman, deb niyat qilganman. Inshoolloh shu kunlarga yetkazsin.

© Ministerstvo sporta UzbekistanaBaxodir Djalolov neset kubok pobeditelya
O‘zbekiston bayrog‘i, og‘ir nokaut va to‘y: chempion Bahodir Jalolov bilan eksklyuziv intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Baxodir Djalolov neset kubok pobeditelya
Yangiliklar lentasi
0