Ekspert chegaraga hujum haqida: bu Markaziy Osiyo uchun sensatsiya

Obuna bo‘lish
O‘zbek-tojik chegarasidagi chegara postiga terrorchilarning hujumini Rossiyadagi zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi eksperti Andrey Serenko izohladi.

Eskpert fikriga ko‘ra, "Islom davlati" terroristik tashkiloti jangarilarining hujumini provokatsiya (fitna), deb hisoblash mumkin.

Tojikiston chegara postiga hujum - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston chegara postiga jangarilar hujumi

"Holat ko‘ngilsizdan ham ko‘ra, sensatsiyaga yaqin, chunki bunaqasi hali bo‘lmagandi. Hali hech qachon Afg‘oniston hududidan jangarilar Markaziy Osiyoning biror bir regioniga bostirib kirmagan. Agar bu IShID jangarilari ekanligi tasdiqlansa, va ular afg‘on chegarasidan Tojikistonga chiqishga va diversiyani sodir etishga harakat qilgan bo‘lsalar, u holda bu sensatsiya", - dedi Andrey Serenko Sputnik Tojikiston bilan muloqotda.

Shu bilan birga, ekspert ta’kidiga ko‘ra, tojik chegara qismiga hujum IShIDning odatiy harakatlariga tamomila ziddir.

"To‘g‘risini aytganda, bu IShID mantig‘iga to‘g‘ri kelmaydi. Juda bema’ni operatsiya. Bu ishidchilar formati emas – ular kamchiqim, lekin ta’siri keng operatsiyalarni xush ko‘radilar. Imidj nuqtayi-nazaridan ID umuman boshqacha narsalarni amalga oshirgan bo‘lardi", - deb hisoblaydi Serenko.

Ekspert shuningdek, IShID haqiqatan ham chegara postiga hujumga o‘zining aloqadorligini tasdiqlashini kutish kerakligini, bu juda muhimligini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0