Qozog‘iston qo‘shni respublikalarga yonilg‘i olib chiqishni ta’qiqladi

© Press-slujba GTK RUzBochki s dizelnim toplivom
Bochki s dizelnim toplivom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiyaga avtomobil transportida benzin va dizel yonilg‘isini olib chiqishni ta’qiqladi.

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Qozog‘iston neft mahsulotlarini avtotransportda olib chiqishni ta’qiqladi, yangi qonun 2-noyabrday kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda TASS.

Qozog‘iston energetika, IIV, Moliya vazirligi va MXQ qo‘shma buyrug‘i bilan, avtotransport yordamida Respublikadan neft mahsulotlarini olib chiqish 6 oyga ta’qiqlandi. Yangi qonun normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirilgan.

“Qozog‘iston Respublikasidan TNVED kodi 2709, 2710, 2902, 3409, 3811 bo‘lgan mahsulotlarni olib chiqish ta’qiqlandi. Avtomobil benzin bakida yonilg‘i olib chiqish holatlari bundan mustasno. Alohda idishda olib chiqilayotgan yonilg‘i hajmi 20 litrdan oshmasligi kerak”, - deyilgan xabarda.

Xabar izohida aytilishiga ko‘ra, Qozog‘istonda benzin va dizel yonilg‘isi narxi qo‘shni Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Rossiyaga nisbatan past bo‘lgani tufayli chegara oldi hududlarida yonilg‘i moylash mahsulotlarining yuqori tranzit iste’moli kuzatimoqda.

Yangiliklar lentasi
0