IIV 01 001 VIP raqami bilan bog‘liq videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi

© Foto : Novosti Uzbekistana"Krasivie" nomera na avtomobil v Uzbekistane
Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar vazirligi internetda tarqalgan 01 001 VIP davlat raqam belgisi bilan bog‘liq videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi.

TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi internetda tarqalgan 01 001 VIP davlat raqam belgisi bilan bog‘liq videotasvir yuzasidan munosabat bildirdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqiladi.

Avtomobilnaya trassa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kameralarni chalg‘itishga uringan jizzaxlikka chora ko‘rildi

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirdagi 01 001 VIP ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi “Uzavtomotobelgi” Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmaganligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Shuningdek, davlat raqam belgilari ishlab chiqarilishida “I” harfi ishlatilmasligi qayd etilgan.

IIV davlat raqam belgilarini qo‘lbola usullarda yasash va ulardan foydalanish uchun qonunda jazo belgilanganini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda avtomobilining davlat raqamiga o‘zgartirish kiritgan haydovchi jarimaga tortilgani xabar qilingan edi. Haydovchi kameralarni chalg‘itish maqsadida raqamini qisman bo‘yab qo‘ygan. Ushbu o‘zgartirish sababli davlat raqam belgilari qoidabuzarliklarni qayd qilish avtomatlashtirilgan kameralari tomonidan tanib bo‘lmaydigan holga kelgan.

Yangiliklar lentasi
0