TOShKENT, 4 noya - Sputnik. Rus dunyosi va rus madaniyati hamisha hamkorlikka ochiq, deya bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin Kremlda Rossiya va chet el fuqarolariga mukofotlarni topshirish marosimida.
"Bugun so‘zga chiqqanlarning aksariyati, deyarli barcha, rus tili, rus madaniyati va rus dunyosi haqida gapirishdi... avval boshdan rus madaniyati va rus davlatchiligi ko‘pmillatli va ko‘pkonfessiyali sifatida qad ko‘targan. Rus dunyosi ichki dunyosi shunday, bu uning tashqi jihatida ham o‘z aksini topgan. Rus dunyosi, rus madaniyati hamkorlikka, umumiy ravnaqga hamisha ochiq", - dedi Putin taqdirlash marosimi yakunida.
Davlat rahbari Rossiya hamda chet ellik sheriklar o‘rtasidagi hamkorlik rivojiga qo‘shgan hissasi uchun vatandoshlar, rossiyaliklar va xorijlik do‘stlarga minnatdorlik bildirdi.
"Yana bir marta barchani bayram - Xalq birdamligi kuni bilan tabriklayman!", - deb yakunladi o‘z chiqishini Vladimir Putin.