Samarqandda yarim marafon bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSamarkand polumarafon
Samarkand polumarafon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marafon yo‘nalishi Samarqand  shahar markazi bo‘ylab eng chiroyli tarixiy obidalar oldidan o‘tishi barcha marafonchilar uchun sovg‘a bo‘ldi.

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Samarqand shahrida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilingan Birincha Xalqaro xayriya yarim marafoni boshlandi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Marafon masofalari 2, 10 va 21 kilometr bo‘lib unda 28 mamlakatdan 1700 dan ortiq kishilar ishtiro etmoqda. Marafonchilar orasida xorijlik mehmonlar, taniqli tadbirkorlar, hokimlar va vazirlar ham bor.

Ushbu marafon O‘zbekistonda birinchi xayriya marafoni bo‘ldi. Unda jamlangan mablag‘lar nogiron kishilarning sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yartishga sarflanadi. Yarim marafonda ko‘zi ojiz nogriron inshtirokchilar uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan.

Marafon yo‘nalishi Samarqand  shahar markazi bo‘ylab eng chiroyli tarixiy obidalar oldin o‘tishi barcha marafonchilar uchun yana bir sovg‘a bo‘ldi. Marafon finish nuqtasi Registon maydonida joylashgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPolumarafon v Samarkande
Samarqandda yarim marafon bo‘lib o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Polumarafon v Samarkande

Yangiliklar lentasi
0