TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Hindiston vakili Sandra Soman Miss CosmoWorld — 2019 xalqaro go‘zallik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Sandra Somanga toj, pul mukofoti va Italiyaga sayohat yo‘llanmasi taqdim etildi. Shuningdek, g‘oliba Malayziyada moda sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniya bilan shartnoma imzolaydi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Tanlovda 24 ta davlatdan ishtirokchilar qatnashdi. Rossiyadan 26 yoshli Irina Kvitko qatnashdi.
Miss Cosmo World 2015-yildan beri har yili Kuala-Lumpurda o‘tkazib kelinadi.
Tanlovning maqsadi - yetakchilik xususiyatlariga ega bo‘lgan zamonaviy, mustaqil ayollarni tanlash. O‘tgan yili tanlov g‘olibasi filippinlik Jennifer Ozbo bo‘ldi.