TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Germaniyaning Offenbax shahrida tish shifokori bemorning 3,7 santimetrli tishni olib tashladi va jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda RIA Novosti FNP nashriga asosan xabar qildi.
2018 yilda bemor yuqori jag‘ning shishishi va kuchli og‘rig‘idan shikoyat qilib, tish shifokoriga murojaat qildi.
Rengen tasvir tishlarning birida juda uzun ildizi borligini ko‘rsatdi.
1.46-inch tooth pulled by dentist declared world's longest by Guinness https://t.co/stUQWZb0qq
— Odd News from @UPI (@OddNewsUPI) 30 oktabrya 2019 g.
Shifokor Maks Lukas tishni zudlik bilan olib tashlashni tavsiya qildi. Jarrohlik amaliyot o‘tkazilganda shifokor tish ildizi uzunligi rasmda ko‘rsatilganidan ham uzunroq ekanligidan hayratga tushdi.
Tish shifokori Ginnes rekordi qayd etilishi uchun tishni tekshirilishi va kerakli hujjatlarni to‘plashga bir yil sarfladi.