Toshkent aeroportida bomba bor deb xabar qilgan kishi qo‘lga olindi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRazminirovanie rossiyskimi saperami goroda Deyr-ez-Zor
Razminirovanie rossiyskimi saperami goroda Deyr-ez-Zor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oktabr oyining oxirida mast kishi aeroport ma’lumotxonasiga qo‘ng‘iroq qilib huquqni saqlash organlarining telefon raqamini so‘raydi. Shundan so‘ng u Toshkent aeroportida portlash ro‘y berishini xabar qiladi.

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Oktabr oyining oxirida Toshkent aeroportida yashirilgan portlovchi moslama haqida xabar qilgan fuqaro huquqni saqlash organlari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda IIBB huzuridagi Tergov departamenti.

“Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor  tadbir doirasida fuqaro K.T. Patakor tuman borzorda qo‘lga olindi. Tekshirish natijasida uning yonidan telefon apparati topildi. Fuqaro aynan ushbu telefon orqali “portlovchi moslama” va “narkotiklar” haqida yolg‘on xabar tarqatgan”, - deyilgan xabarda.

Ushbu ish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277 moddasining (Bezorilik) 1 bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0