Talabalarga bahosiga qarab stipendiya to‘lash tizimi qaytarilishi mumkin

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStudenti filiala NIYaU MIFI na torjestvennoy seremonii otkritiya vuza v Tashkente
Studenti filiala NIYaU MIFI na torjestvennoy seremonii otkritiya vuza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelajakda talabalarga bahosiga qarab sitpendiya to‘lanishi mumkin - Oliy Majlisda yangi qonun muhokama qilinmoqda.

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Kecha Oliy Majlisda deputat Rasul Kusherbayev tashabbusi bilan, yaxshi o‘qiyotgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida ularning stipendiyasini oshirish masalasini ko‘tardi, DTM xabariga asosan.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yil test sinovlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin - DTM 

Deputat fikriga ko‘ra, stipendiyaning baho qarab emas, hammaga bir xil – 400 ming so‘m miqdorida to‘lanayotgani ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, norozilik keltirib chiqarmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov aytishiga qaraganda ushbu masala ko‘rib chiqilgan va yangi Nizomga kiritilgan. 

"Bildirilgan takliflar ko‘pligi bois hujjat loyihasi jamoatchilik takliflaridan kelib chiqib to‘ldirilyapti. Tez orada bu borada nizom qabul qilinadi. Nizomda talabalarga o‘qishi natijalari inobatga olingan holda stipendiya belgilash ko‘zda tutilgan. Xuddi oldingi tizimda bo‘lgani kabi. Hozir ham bir xil emas. Haliyam differensiatsiyalashgan tizim amalda. Talabalar bahosiga qarab oshirilgan miqdorda stipendiya olishlari mumkin”, deydi Majidov.

Majlisda tabaqalashgan stipendiya to‘lash borasida turli fikrlar bildirildi. Xususan  O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov aytishiga qaraganda, tabaqalashtirilgan stipendiya talabalarning bilim uchun emas, baho uchun o‘qishlariga turtki bo‘lgan, va bu o‘z navbatida korrupsiya yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkin. Rektorning fikricha, talabaning individual qobiliyatlarini hisobga olmasdan, uning faqat qaydnomadagi «5»lari evaziga haq to‘lash amaliyoti o‘zini oqlamagan.

Yangiliklar lentasi
0