TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Sukhoi Superjet-100 yo‘lovchi samolyoti ishdan chiqqan dvigatel bilan Tumen aeroportida favqulodda qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tumendan Sankt-Peterburgga uchayotgan “Yamal” aviakompaniyasiga tegishli samolyotning dvigateli ishdan chiqdi.
Samolyotda 80 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj bo‘lgan. Hech kim jarohat olmadi.
Voqea joyiga 39 nafar qutqaruvchi va 14 ta texnika olib kelindi.