O‘zbekiston “Yevro-4”dan past avtobuslar va yuk mashinalarni olib kirishni taqiqlaydi

© REUTERS / B. RentsendorjDlya zapravki gruzovikov toplivo podvozitsya pramo k nim na ruchnix telegax.
Dlya zapravki gruzovikov toplivo podvozitsya pramo k nim na ruchnix telegax. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqladi.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. O‘zbekistonda “Yevro-4”dan past ekologik standartlariga mos kelmaydigan “M” va “N” toifalaridagi transport vositalarini (avtobus va yuk mashinalari) olib kirish man etiladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, yangi tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatiladi.

Proizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Hyundai Namangandagi zavod qurilishini jadallashtirdi

Shu bilan birga, 2010-yildan boshlab mamlakatda “Yevro-3”dan past ekologik standartlariga mos kelmaydigan avtoulovlarni olib kirishga taqiq qo‘yilgan. Endi bu standartlarni ko‘tarishga qaror qilingan.

Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqladi. Hujjatda BMTning 2015-yil 12-dekabrdagi iqlim bo‘yicha Parij bitimi doirasida chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

2020 yil 1-yanvardan boshlab “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish man etiladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan boshlab “Yevro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini, 2023-yil 1-yanvardan esa “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini vaqtincha olib kirish va importiga taqiq joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0