TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Sankt-Peterburgdagi tarixiy va siyosiy hujjatlar markaziy davlat arxivida Vladimir Putin nomiga berilgan tavsifnoma ko‘rsatildi, deya yozadi 78.ru.
Ma’lumotnomada yozilishicha, Rossiyaning bo‘lajak prezidenti 1975-yildan buyon KGB (davlat xavfsizlik qo‘mitasi) boshqarmasi komsomol tashkilotida ro‘yxatga olingan.
“Davlat xavfsizligi organlaridagi faoliyati davomida Putin V.V. o‘zini tirishqoq, intizomli, vijdonli xodim sifatida ko‘rsatdi. <...> Ruhan bardoshli. Ishdagi o‘rtoqlarining obro‘-e’tiborini qozongan”, - deya qayd etiladi tavsifnomada.
V Peterburge raskrili xarakteristiku KGB na Putina: https://t.co/WrloUDtZCW pic.twitter.com/dvMVnqkVuB
— 78 | NOVOSTI (@good78news) 30 oktabrya 2019 g.
Shuningdek, hujjatda Putin dzudo va sambo bo‘yicha SSSR sport ustasi bo‘lgani tilga olgan.
Vladimir Putin KGBda 1975-yil Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagandan so‘ng faoliyat yuritishni boshlagan. 1985-1990 yillarda Germaniya federativ respublikasida tashqi razvedka bo‘yicha ishlagan. 1991-yilda Putin davlat xavfsizlik organidan ishdan bo‘shagan.