TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Pokistonning Panjab provinsiyasida poyezdda yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 nafarga yetdi, o‘nlab fuqarolar jabrlangan. Bu haqda Geo TV telekanali mahalliy politsiyachilarga tayanib, xabar bermoqda.
Sal oldin 40 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi.
Poyezd Karachidan Ravalpindiga qarab yo‘l olgan bo‘lgan. Aniqlik kiritilishicha, yong‘in ovqat tayyorlashda ishlatiladigan gaz ballon portlashi oqibatida yuz bergan. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, uchta vagon olov iskanjasida qolgan.
Pokiston temir yo‘llar vaziri Shayx Rashidning so‘zlariga ko‘ra, odamlar yonayotgan poyezddan sakrab tushib qolishga harakat qilib ham halok bo‘lishgan.
Ayni vaqtda faqat ayrim fuqarolarning shaxsi aniqlashtirilgan. Tibbiyot xodimlari so‘zlariga ko‘ra, ayrim qurbonlarda kuyish darajasi shu qadar kuchliki, hatto ularning shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmayapti.
Temir yo‘lda harakat yaqin vaqtda qayta tiklanishi kutilmoqda.