O‘zbek dzudo afsonasi Rishod Sobirov kelajakdagi rejalari haqida aytib berdi

Obuna bo‘lish
O‘zbek dzudo afsonasi, ikki karra jahon chempioni Rishod Sobirov murabbiylik faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida aytib berdi.

Sputnik muxbiri dzudo bo‘yicha murabbiy Rishod Sobirov bilan uchrashib, u bilan suhbatlashdi.

Rishod Sobirov dzudo bo‘yicha O‘zbekiston sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilgan. U xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan: ikki karra jahon chempioni, uch karra Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Sobirov erishgan yutuqlari, murabbiylik faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi.  

“Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Milliy gvardiya qoshidagi “Dinamo”da Rishod Sobirov nomidagi dzudo klubini ochib berishdi. Hozirda bu klubda murabbiy bo‘lib ishlayapman. Albatta bu mening ikkinchi uyim, hayotim, chunki dzudo sporti meni ko‘p narsa o‘rgatdi, do‘stlar ortirdim. Dzudo bilan shug‘ullangan insonlar, uylayman, oilaviy yaqin bo‘lib ketadi, bu mening ikkinchi uyim, vatanim”, - deb ta’kidladi murabbiy.  

Sobirovning so‘zlariga ko‘ra, uch yildan beri murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0