Ahmadboy ishi bo‘yicha uchinchi sud hukmi e’lon qilindi

© Telekanal "Uzbekistan 24"Sud snova peresmotrel prigovor "uzbekskomu Mavrodi" Axmadbayu
Sud snova peresmotrel prigovor uzbekskomu Mavrodi Axmadbayu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudida sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan uchinchi sud hukmi e’lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmatining Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qilishicha, A. Tursunboyev O‘zbekiston JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 9-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ya pomogal bednim: Axmadbay prerval dolgoe molchanie - Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan. Ularni hech kim majburlamagan – Ahmadboy

A. Tursunboyevga tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019-yil 20-maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1-yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14-yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, u 52 mln 96 ming so‘m jarima to‘laydi.

Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadboy ishi bo‘yicha birinchi sud 2018-yil fevralida o‘z nihoyasiga yetgan. Sud hukmiga ko‘ra, unga 13-yil qamoq jazosi tayinlangan.

May oyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi sudda esa u 10 yil muddatdan ozodlikdan mahkum etilgan. Birinchi suddagi jazo qo‘shilgan holda Ahmad Tursunboyevga 14-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish va EKIHning 400 baravari miqdoridagi jarima tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0