Kim birinchi: Saida Mirziyoyeva marafon g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

© Facebook / Saida MirziyoyevaKomil Allamjonov i Saida Mirziyoyeva rasskazali o svobode pressi
Komil Allamjonov i Saida Mirziyoyeva rasskazali o svobode pressi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Samarkand Half Marathon” loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Bugun 30-oktabr kuni Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Samarkand Half Marathon” loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

V samom ojidayemom zabege 2019 goda uchastniki probejali dve distansii - 21,097 km (polumarafon) i zabeg sputnik na 5 km - Sputnik O‘zbekiston
Navro‘zga bag‘ishlangan "kichik" marafon g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

Samarkand Half Marathon 1-3 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Loyihaning asosiy maqsadi – madaniyat va san’at obyektlarining hammabopligi va inklyuzivligi muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb etish, shuningdek, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport turizmini rivojlantirish.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva tadbirda nutq so‘zladi.

“Samarqand yarim marafoni jamiyatda faol yashash tarzi g‘oyasini ilgari suradi va madaniyatning barcha uchun, shu jumladan nogironligi bor insonlar uchun ochiqligini ta’minlash xayrli g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi", - dedi Saida Mirziyoyeva. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Marafon v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan marafon bo‘lib o‘tdi

"Aytib o‘tish joiz, bizning agentligimiz ham shu yo‘nalishda faoliyat yuritadi. 2019-yilda biz Ko‘ngil Ko‘zi loyihasi yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. U nogironligi bo‘lgan insonlarni ijtimoiy ko‘nikmasi bo‘yicha, ko‘zi ojiz va yaxshi ko‘ra olmaydigan insonlarni o‘quv, badiiy, ilmiy va boshqa adabiyot bilan ta’minlash bo‘yicha aniq harakatlarni ko‘zda tutadi”, - deb ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yarim marafonda ham tajribali, ham yangi yuguruvchilar ishtirok etishi mumkin -21 km, 10 km va 2 km masofalar taqdim etiladi.

Marafondan tushgan mablag‘lar Toshkentdagi teatrlardan birida tajriba loyihasini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.

Marafonchilar Samarqanddagi 18 ta madaniyat obyektlari oldidan o‘tishadi.

Yangiliklar lentasi
0