Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov v Turkmenistane
Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari qardosh Turkmaniston xalqiga joriy yil 10-11 oktabr kunlari Ashxobodda o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmanistonning MDHdagi raisligi muvaffaqiyatli o‘tayotgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Berdimuhamedov Orolni qutqarish bo‘yicha rejalarni muhokama qilishdi

Davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar nuqtayi nazaridan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi vaqt bilan sinalgan mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, avvalo, savdo, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos ekani qayd etildi.

Tomonlar hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga bundan buyon ham faol ko‘maklashishga tayyorligini bildirdilar.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari do‘st mamlakatlar va butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash borasida qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0