Inson salomatligi uchun eng zararli mahsulot ma’lum qilindi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishMasopererabativayushee predpriyatie APX "Miratorg" v Branskoy oblasti
Masopererabativayushee predpriyatie APX Miratorg v Branskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) va Minnesota universiteti (Amerika) olimlari 15 xil oziq-ovqat mahsulotini tahlil qilishdi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Go‘sht atrof-muhit va inson salomatligiga eng salbiy ta’sirni ko‘rsatadi. Angliya-Amerika olimlar guruhi tadqiqot o‘tkazib, shunday xulosaga kelganlar. Tadqiqot natijalari PNAS jurnalida chop etilgan.

Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) va Minnesota universiteti (Amerika) olimlari 15 xil oziq-ovqat mahsulotini tahlil qilishdi. Tadqiqot vaqtida diabet, ovqat hazm qilish tizimi saratoni, yurak ishemik kasalliklari, insultga olib keluvchi 15 ta global omilning 9 tasi past ovqat sifatiga bog‘liqligi e’tiborga olingan.

Olimlar AREI indeksini joriy etishgan. Ushbu indeks mahsulotning biri kishiga mo‘ljallangan miqdorining (porsiyasining) atrof-muhitga o‘rtacha nisbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Hisoblashda issiqxonadan ajralib chiqadigan zararli gazlar, ishlab chiqarish uchun yer maydoni, ishlab chiqarishda atrof-muhit ifloslanishi, suvga bo‘lgan ehtiyoj va boshqa ekologik salbiy ta’sirlar inobatga olingan.

steyk - Sputnik O‘zbekiston
Qizil go‘shtni iste’mol qilavering: "zarari" fosh qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, past o‘lim xavfi bilan bog‘liq mahsulotlar - donli ekinlar, meva-sabzavotlar, yong‘oqlar va zaytun yog‘i eng kam salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ekologiyaga yanada kam ta’sirni, xavf guruhiga kiritilganiga qaramasdan, tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lgan ichimliklar ko‘rsatadi.

“Boshqalardan ko‘ra kuchliroq o‘lim xavfini oshiradigan mahsulotlar atrof-muhitga salbiy ta’sirning turli darajalariga ega. Eng yuqori AREI ishlanmagan qizil go‘shtga taaalluqli — bir porsiyaga 73 birlik, ishlov berilgan go‘shtda esa ko‘rsatkich 37 birlikka teng”, - deya maqoladan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Olimlar dunyoda odamlar va ekologiya uchun zararli bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish kuchayib borayotganini ta’kidlaganlar va  o‘z o‘rnida ularning o‘rniga don, meva, sabzavot yoki baliq iste’mol qilishni tavsiya qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0