Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi

© NOK UzbekistanaStali izvestni imena pobediteley chempionata Uzbekistana po boksu
Stali izvestni imena pobediteley chempionata Uzbekistana po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha kun davom etgan murosasiz janglar mamlakatning kuchli bokschilarini yana bir bor saralab berdi.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Kecha Toshkentda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bir necha kun davom etgan murosasiz janglar mamlakatning kuchli bokschilarini yana bir bor saralab bergan va final bellashuvlari ham o‘zining qizg‘in va murosasizligi bilan ajralib turgan.

Bu yilgi O‘zbekiston chempionlari:

-49 kg: Umarqul Ermatov (Jizzax)

-52 kg: Foziljon Abdumurodov (Jizzax)     

-56 kg: Oybek Jo‘rayev (Toshkent viloyati)   

-60 kg: Abdumalik Xalakov (Toshkent viloyati) 

-64 kg: Elnur Abduraimov (Toshkent viloyati) 

-69 kg: Jahongir Rahmonov (Dinamo)   

-75 kg: Odiljon Aslonov (Buxoro)  

-81 kg: Shuhrat Abdullayev (“Dinamo”) 

-91 kg: Jamshidjon Abdullayev (Farg‘ona) 

 +91 kg: Ulug‘bek Mubinov (Buxoro) 

Tashkilotchilar bu yildan e’tiboran musobaqaning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiyev sovrinini ta’sis etishgan edi. Ilk bor bunday sovringa mazkur chempionatda -60 kilogramm vazn toifasida jang olib borgan Abdumalik Xalakov sazovor bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0