TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib Idris Zamon tayinlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Idris Zamonni TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinladi, deb xabar qilmoqda Tolo News kanali prezident vakili Sedik Saddikiyga tayangan holda.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning oldingi tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy 23-oktabr kuni iste’fo bergan edi. Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani nomiga yo‘llagan maktubida, Rabboniy, o‘zining ushbu qarorini "milliy birlik hukumati ish muhiti, uning ilk rahbarlik kunidan boshlab, to yakuniga qadar, ijobiy bo‘lmagani" bilan izohlagan.