O‘zbekiston mudofaa vaziri Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaMinistr oboroni Uzbekistana otbil v Azerbaydjan
Ministr oboroni Uzbekistana otbil v Azerbaydjan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketdi.

Zamestitel ministra oboroni RF Timur Ivanov vo vremya press-konferensii, posvashennoy sozdaniyu jenskogo professionalnogo gandbolnogo kluba (PGK) SSKA, v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasining loyihasi ham imzolanishi kutilmoqda.

MDHga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 30-oktabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Mudofaa vazirlari kengashining bundan oldingi yig‘ilishiga O‘zbekiston mezbonlik qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0