Qashqadaryoda 15 yashar o‘quvchi o‘limidan so‘ng qator idoralarga xizmat tekshiruvi tayinlandi

© SputnikKanal v Buxare
Kanal v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘smir, onasi tanbeh bergach, o‘zini kanalga tashlab, halok bo‘lgan. Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyati XTB, YoI viloyat Kengashi, Qarshi tumani IIB, voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiya va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qashqadaryoda o‘z joniga sui’qasd qilgan 15 yoshli o‘quvchi hodisasi bo‘yicha bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Qarshida o‘quvchi uyatsiz videolar tufayli tanbehdan so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Xabarda aytilishicha, Qarshi tumanida yashagan 15 yoshli o‘quvchi - Rahim A. tumanda oqib o‘tuvchi bosh kanalga sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan ishga aloqador 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori va ishchi-xodimlaridan hamda o‘quvchilardan tushuntirishlar olingan.

Aniqlanishicha, o‘quvchining mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga chaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, o‘g‘liga tanbeh bergach, o‘quvchi maktabdan yugurib chiqib, kanal tomonga ketgan. Sinfdoshlari esa uning orqasidan borishgan va Raxim o‘zini kanalga tashlaganini ko‘rishgan.

O‘quvchini kimdir urib haqorat qilgani holati aniqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda

Tekshirish davomida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Qarshi tumani IIB, voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiya va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0