Turkmaniston qahva yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

© InstagramTurkmenistan izuchayet vozmojnost virashivaniya kofe
Turkmenistan izuchayet vozmojnost virashivaniya kofe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya kompaniyasi Ashxobod Qishloq xo‘jalik universiteti mutaxasissislari bilan Turkmanistonda qahva yetishtirish istiqbollarini o‘rganmoqda.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Turkmaniston qahva yetishtirishni boshlashi mumkin, deb xabar qilmoqda Regnum agentligi Turkmanistonning “Bereketli Toprak” (Barakali tuproq) gazetasiga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu maqsadda Fransiyaning “Agrenium” qishloq xo‘jaligi korxonasining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Etyen Sur Ashxobodga tashrif buyurgan va u yerda Turkmaniston Qishloq xo‘jalik universiteti o‘qituvchilari bilan maslahatlashgan.  

Chashka kofe - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar qahva qanday qilib ozishga yordam berishini ma’lum qilishdi

Maslahat chog‘ida aynan qaysi masalalar muhokama qilingani hozircha aniq emas. Shuningdek qahva yetishtirish tashabbusi kim tomonidan chiqqani va Turkmanistonning aynan qaysi hududida qahva yetishtirilishi ham aytilmagan.

Qahva daraxti dastlab Afrikaning Efiopiya davlati hududida o‘sgan. Keyinchalik u Arab yarim oroliga olib kelingan va u yerda uning donidan qovurilmagan holda ichimlik tayyorlangan. Bugungi kunda ushbu ichimlik “oq qahva”  deb ataladi.

Bir necha asrdan so‘ng odamlar kofeni qovurishni va unga koritsa, sut, shakar va boshqa xushbo‘y ta’m va maza beruvchi narslarni qo‘shishni boshlagan. Yevropada qahva 16-asrda paydo bo‘lgan. Bugun qahva o‘simligi asosan Janubiy Amerika va Janubiy Osiyo davlatlarida yetishtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0