TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublikada aholiga tabiiy gaz yetkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta’minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta’mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ta’mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, iste’molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.
Xususan, 29-oktabr kuni:
- Toshkent, Zangiota va Qibray tumanlari hududidagi jami 46328 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha,
- Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi jami 1100 ta aholi xonadonlarida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar,
31 oktabr kuni
- Piskent tumani, “Furqat” massivi hududidagi 6-ko‘p qavatli uydagi jami 16 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.