Muborak IES modernizatsiyasi bilan koreys kompaniyasi shug‘ullanadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishKomplekt raspredelitelnix ustanovok na TES
Komplekt raspredelitelnix ustanovok na TES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreya tomoni Muborak IESda qazib olish ishlari, investitsiya va moliyalashtirishni o‘z zimmasiga olishga, shuningdek, ehtimoliy boshqaruvni davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi, Koreya energetika agentligi va SK Engineering & Construction kompaniyasi o‘rtasida Muborak issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiyalash loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qiladi tashkilot matbuot xizmati.

Hujjat o‘zbek delegatsiyasining Seuldagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sakkizinchi xalqaro konferensiyasidagi ishtiroki doirasida imzolandi.

Minenergo privlechet top-menedjerov iz YeS dlya upravleniya otraslyu - Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligi sohaga Yevropadan top-menejerlarni jalb qiladi

Unga ko‘ra, koreya tomoni Muborak IESda qazish, investitsiya va moliyalashtirish ishlarini bajarishga, shuningdek, stansiyaning kelgusi boshqaruvini davlat-xususiy sherikchilik sharti asosida amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot uchun: SK Engineering & Construction kompaniyasi Koreya Respublikasida yillik kapital aylanmasi 213 mlrd AQSh dollarini tashkil qiluvchi va 2018-yil yakuniga ko‘ra, 23,8 mlrd AQSh dollarida sof foydaga ega bo‘lgan, hajm jihatdan eng yirik uchinchi kompaniya hisoblanadigan SK Group tarkibiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0