Belarus Orol fojiasi oqibatlarini yengishda ko‘maklashadi

© Foto : "Grodnenskaya pravda" Andrey Xudik
 Andrey Xudik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofazalash vaziri Andrey Xudik Nukusdagi forumda so‘zga chiqar ekan, Orol fojeasi oqibatlarini yengishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish yo‘llari xususida to‘xtaldi.

Forum qatnashchisi Belarus vazirining qayd etishicha, qurib ketayotgan orol ahvoli unga nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, ikki xil kayfiyatni ham his ettirdi.

Aralskoe more - Sputnik O‘zbekiston
Orolbo‘yida innovatsiya va texnologiyalar hududi tashkil etiladi
“Bir tomondan ekologik ofat miqiyosi kishini ham hayratda qoldiradi va hamda unga qo‘rqinch hissini ulashmay qolmaydi. Boshqa tomondan esa umid hissi bor. Zero, bu mavzuda O‘zbekiston rahbariyatining siyosiy irodasi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Ya’ni davlat rahbari mazkur fojia oqibatlarini yumshatish va mintaqada to‘laqonli hayotni qayta tiklash yo‘lida barcha narsaga tayyor ekanligi shundoq ko‘rinib turibdi”, - deydi Xudik Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan intervyusida.

Suhbatdosh aytishicha, bu muammo Belarus uchun nihoyatda yaqin, chunki o‘z tarixi davomida respublika og‘ir ekologik fojialarga duch kelgan. Mamlakat bu borada boy tajribaga va boshqalar bilan baham ko‘ra oladigan ilmiy ishlanmalarga ega ekanligi ham ta’kidlab o‘tildi.

“Bizning suv havzalarimiz ko‘p, shunday bo‘lsa-da, yer osti suvlari sathi tushganini qayd etapmiz. Bu kabi muammolarning sabablarini bilamiz, albatta, va hozirda ularga qarshi muvaffaqiyatli kurashapmiz ham. Ushbu ma’noda, o‘zbek hamkasblarimizga ishlanmalarimizni taqdim etishga tayyormiz”, - deya yakun yasadi Belarus vaziri.

Orol bo‘yi muammolariga bag‘ishlangan konferensiyada O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘istondan yetakchi mutaxassis-ekspertlar hamda BMT va YeI vakillari ishtirok etdi.

Belarus pomojet Uzbekistanu v likvidatsii posledstviy visixaniya Arala — ministr
Yangiliklar lentasi
0