O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini demarkatsiya qilish uchrashuvining reja-jadvali kelishib olindi

© © SputnikPogranichniy punkt, arxivnoe foto
Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki davlat delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha hujjatlar loyihasi tayyorlandi

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning normativ-huquqiy va texnik hujjatlari loyihalari hamda 2020-yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.

Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni tasdiqlash uchun Qo‘shma demarkatsiya komissiyasiga kiritish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va Tojikiston Yer boshqaruvi va geodeziya davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari uchrashuv bayonnomasini imzoladilar.

Xabarda kelishuvga ko‘ra Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkazilishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0