O‘zbekiston-Shvetsiya munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishStokgolm. Shvetsiya
Stokgolm. Shvetsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda aloqalarni faollashtirish maqsadida 2020-yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Shvetsiya ikkinchi biznes forumini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Shvetsiya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersmann bilan uchrashdi.

“Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Shvetsiya munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga o‘zaro qiziqish bildirildi”, - deyiladi TIV xabarida.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Shvetsiya O‘zbekistonga ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda yordam beradi

Ta’kidlanishicha, muloqotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2020-yilning birinchi choragida Toshkent shahrida o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, jumladan, o‘zaro tashriflar tashkillashtirish va tajriba almashishning muhimligi qayd etildi.

Sanoatni rivojlantirish, korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha va boshqa davlat dasturlari doirasida Shvetsiya investitsiyalari va yuqori texnologiyalarini jalb qilgan holda o‘zaro tovar ayriboshlashni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shvetsiya qiroli O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishladi

Mazkur yo‘nalishda aloqalarni faollashtirish maqsadida 2020-yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Shvetsiya ikkinchi biznes forumini o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xabarda suhbat chog‘ida xalqaro tashkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilingani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0