“Yormoq” konidan tabiiy gazning sanoat oqimi olindi - video

© Press-slujba MinenergoNa mestorojdenii "Yormok" poluchen pritok gaza - video
Na mestorojdenii Yormok poluchen pritok gaza - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quduqda kelgusi 3 kun ichida istiqbolli qatlam parametrlarini o‘rganish uchun gaz kondensati tadqiqotlari o‘tkaziladi.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. 2019-yil 28-oktabr kuni "Yormoq" konidan kuniga 250-300 ming kub metr dastlabki debit bilan tabiiy gazning sanoat oqimi olindi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ushbu kon Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududida joylashgan. Yura davrigacha bo‘lgan korbanat neft-gaz qatlamlarini o‘rganish uchun joriy yilning 10-martidan boshlab 3-qidiruv qudug‘ini burg‘ilash boshlangan. Burg‘ulash chuqurligi 3300 metrni tashkil etdi. Natijada, quduqni 3 ming metr chuqurlikdan keyin bir qator intervallarda sinovdan o‘tkazish jarayonida tabiiy gazning sanoat oqimi qo‘lga kiritildi.

Quduqda kelgusi 3 kun ichida istiqbolli qatlam parametrlarini o‘rganish uchun gaz kondensati tadqiqotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, "Yormoq" konida quduqlarni burg‘ilash orqali qidiruv ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda ilk bor yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan gaz olindi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yil boshidan “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan 350 tadan ortiq neft va gaz quduqlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0