TOShKENT, 28-oktabr – Sputnik. Aholini ommaviy sportga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda ortiqcha tana vazni va semizlik butunjahon muammosiga aylanmoqda. Bu orada o‘zbek tibbiyot sohasi mutaxassislari tomonidan xavfli omillar profilaktikasi va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi orqali respublikada barvaqt o‘lim topish holatlarini oldini olish mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar O‘zbekistondagi barcha o‘lim holatlarining 78 %ni tashkil qilmoqda
Ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, Toshkentda kuni-kecha Sergeli tuman hokimligi, respublika, shahar, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, shahar, tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida “Yuqori bosim – yuqori xavf” shiori ostida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafondan oldin ommaviy badantarbiya bo‘lib o‘tdi.
Sport tadbirida 500 nafar tuman aholisi qatnashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, haftada 2,5 soatlik jismoniy faollik erta o‘lim holatlarini 28 % ga, yurak kasalliklarini ehtimolini 20 % ga kamaytiradi.