Tojikistonda mingdan ziyod mahbuslar ozodlikka chiqarildi

© Sputnik / Ivan Rudnev / Mediabankka o‘tishOxranniy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii
Oxranniy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat prezidenti Emomali Rahmon imzolagan afv to‘g‘risidagi qonun bilan 20 mingdan ziyod kishining ozodlikka chiqishi kutilmoqda.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Tojikistonda afv etilgan mahbuslarning birinchi qismi ozodlikka chiqdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston TojikTAga asoslanib xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Yovondagi, Norakdagi ayollar koloniyasidan, Dushanbedagi voyaga yetmaganlar uchun axloq tuzatish koloniyasi va maxsus qamoqxonalardan 1060 dan ziyod mahbuslar ozodlikka chiqqan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 575 nafar fuqaroni afv etdi

Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, ozodlikka chiqqanlar orasida 165 nafar ayollar va 60 nafar voyaga yetmaganlar bor.

Eslatib o‘tamiz, Emomali Rahmon mamlakat Konstitutsiyasining 25-yilligi munosabati bilan “Afv to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekkan edi. Qonun bilan 20 mingdan ziyod kishining ozodlikka chiqishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 65 nafar fuqaro Mustaqillik bayrami munosabati bilan afv etgan edi. Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida esa 575 nafar fuqaro afv etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0