TOShKENT, 28 okt – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Novosibirsk – Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi vagon kuzatuvchisi va yo‘lovchi o‘rtasidagi audioyozuvga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqelikni atroflicha o‘rganish yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilgan.
Ayni vaqtda “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ bosh direktori boshchiligidagi ishchi guruh dastlabki o‘rganish ishlarini boshlab yuborgan.
369-sonli “Novosibirsk – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan ushbu yo‘lovchi poezdi 30-oktabr kuni Toshkent Markaziy vokzaliga yetib keladi.