TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Ekspert fikricha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida integratsiya “shved stoli” formatida faoliyat yuritishi noto‘g‘ri. Ya’ni bu jarayonda “uni xohlayman-buni xohlamayman” turidagi munosabat o‘rinsiz.
“Menga sutning qaymog‘iyu senga sutning qoldig‘i qabilidagi yondashuv yaramaydi, albatta. Integratsiya iqtisodiy bo‘lsa-da, u yaqindan siyosiy hamkorlikni, qo‘shimcha mexanizmlarni shakllantirishni talab qiladi. Allaqachon ishlayotgan Yevroosiyo komissiyasi faoliyatining o‘zi yetarli emas. Integratsiya kompleks ravishda barcha sohalarda amalga oshirilishi kerak. YeOII doirasida nafaqat iqtisodiyot va balki siyosat xususida ham so‘z yuritish kerak. Ayrimlar siyosiy birlashuv ortida sobiq sovet ittifoqini qayta tiklash loyihasini yoki shunga o‘xshash vazifani ko‘ra boshlaydi. Lekin bizning bunday na maqsad va na vazifamiz bor”, - dedi deputat “Moskva-Bishkek-Yerevan-Minsk-Nur-Sultan” videoko‘prigi davomida.
Shuningdek, Zatulin YeOIIga o‘xshash birlashmalar allaqachon mavjudligiga alohida e’tibor qaratib, Yevropa ittifoqini misol tariqasida esga oldi.