“Qovun bilan siylab, qovun tushirdi”: yaponiyalik vazir janjal tufayli iste’foga chiqdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSirdarinskaya oblast proslavilas sortami din kak Torpeda i Obi-navvat
Sirdarinskaya oblast proslavilas sortami din kak Torpeda i Obi-navvat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Issyu Sugavara saylovchilarga pora berib o‘z tomoniga og‘dirib olganlikda ayblanganligi tufayli o‘z lavozimni tark etdi.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Issyu Sugavara iste’foga chiqdi. Bu haqda Japan Times  xabar qildi.

Janjal Shukan Bunshun nashri vazir kotibi uning tarafdorlaridan birining oilasiga 20 ming iyen (185 dollar) miqdorda pora berganligi haqida maqola chop etgandan so‘ng avj oladi. Qolaversa, Sugavaraning saylovoldi kampaniyasi saylovchilarni qonun,dengiz mahsulotlari, xususan, dengiz qisqichbaqalari bilan siylab, ularni siyosatchi tomonga og‘dirgan.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Issyu Sugavaraning iste’fosini qabul qilganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, uning o‘rnini Yaponiya yer, infratuzilma, transport va turizm vazirlining sobiq rahbari Xirosi Kadziyama egallaydi.

Yangiliklar lentasi
0