Toshkentda 19 yoshli “Neksiya” haydovchisi mudhish YTHda halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda tezlikni oshirgan haydovchi beton ustunga borib urildi. Oqibatda uning o‘zi hayotdan ko‘z yumdi, 4 nafar 19 yoshli yo‘lovchilar esa turli tan jarohatlarini oldi.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Toshkent shahar IIBB internetda tarqalgan Olmazor tumanida sodir bo‘lgan mudhish YTH to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Namangandagi ayanchli YTH oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Ma’lum qilinishicha, 26-oktabr kuni soat 22:45 da Toshkent shahar Kichik xalqa avtomobil yo‘lida, ya’ni shahar sil kasalliklari klinik shifoxonasi oldida yo‘l transport xodisasi sodir bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, “Neksiya” haydovchisi 19 yoshli Behruz K. tezlikni oshirgan va boshqaruvni eplab olmay ko‘cha yoritgichi o‘rnatilgan beton ustunga borib urilgan.

YTH oqibatida haydovchi va uning to‘rt nafar 19 yoshli yo‘lovchilari kasalxonaga yotqizilgan.

Kasalxonada haydovchi unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Turli tan jarohatlari olgan qolgan 4 nafar yo‘lovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0