TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti yetakchisining yo‘q qilingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Qodirov mashhur rus adibi Nikolay Gogolning “Taras Bulba” asaridan iqtibos keltirgan.
“Abu Bakr al-Bag‘dodiy yana o‘ldirildi? Taras Bulbaning o‘g‘li Andriyga “Men seni dunyoga keltirdim va o‘zim o‘ldiraman”, deb aytgan so‘zlari aqlga keladi”,— deb yozgan Checheniston rahbari telegramdagi kanalida.
U agar terrorchilarni yaxshi va yomonga ajratishda davom etilsa, al-Bag‘dodiyning o‘limi hech narsani o‘zgartirmasligini qo‘shimcha qilgan
“Bin Lodin o‘ldi, al-Qoida** esa barhayot. Suriyani “IShID”dan to‘liq tozalash muhim”, - deya ta’kidlagan Qodirov.
Ramzan Qodirov “IShID”chilarga qabristondan joylarni va’da qildi
Avvalroq OAVda AQSh Suriyada “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazgani va buning natijasida u yo‘q qilingani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi. Ammo ushbu xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan.
**Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.