TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov tvitterga Suriyadagi havo hujumlar aks etgan videoni joyladi, deya yozadi RIA Novosti.
Taxmin qilinishicha, aynan shu yerda “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy yo‘q qilingan.
Aviaudar i soorujenie, kotoroe bilo razrusheno proshloy nochyu v gorode Berisha. Po dannim nekotorix mestnix informatsionnix agentstv,lider IG al-Bagdadi pratalsya zdes. pic.twitter.com/6bwkFIzoDS
— Vladimir Soloviev (@VRSoloviev) 27 oktabrya 2019 g.
Avvalroq OAVda AQSh Suriyada “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazgani va buning natijasida u yo‘q qilingani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi.
Ammo ushbu xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan.
“Reyter” agentligi ma’lumotlariga qaraganda, Suriyadagi manbalar Iroq razvedkasiga al-Bag‘dodiy yo‘q qilingani haqidagi xabarni tasdiqlashgan.
O‘z o‘rnida AQSh prezidenti ma’muriyati Donald Tramp yakshanba kuni muhim bayonot bilan chiqish qilishini xabar qildi. Tramp ham tvitterdagi sahifasida “juda muhim voqea” sodir bo‘lgani haqida yozdi, lekin u nimani nazarda tutayotganiga oydinlik kiritmadi.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.